Qanday eventlar bo’lib o’tadi?
Dachaga chiqish
Filtr asosida tanlangan 35 tadbirkor ishtirok etadi. Biznes Razborda Ravshan Turg‘unov muammolarni tahlil qilib, yechimlar beradi, taniqli spikerlar so‘zga chiqadi, shuningdek, yopiq Asoschilar klubi bilan sifatli networking tashkil etiladi.
Barcha tadbirlar tadbirkorlarning rivojlanishi va samarali networking uchun tashkil etiladi.
Biznes tur
Har 2 oyda bir marta o‘tadigan tadbirga 30 tadbirkor tanlab olinadi. Biznes Razborda muammolar tahlil qilinib, yechimlar beriladi, spikerlar so‘zga chiqadi va yopiq Asoschilar klubi bilan networking bo‘lib o‘tadi.
Razborlar
Har kuni 19:00-22:00 da kechki ovqat bilan o‘tadigan tadbirda ishtirokchilar biznes muammolarini muhokama qilib, tanlangan bir loyihani tahlil qiladi va networking orqali aloqalar o‘rnatadi.
Biznes nonushta
Har yakshanba soat 10:00-13:00 da bo‘lib o‘tadigan biznes nonushtada ishtirokchilar o‘zlarini tanishtirib, spikerlarning qimmatli tajribalarini eshitadi va erkin networking orqali yangi aloqalar o‘rnatadilar.